Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 26.12.2025

Nurafshon filiali: yangi boshlanish, yangi imkoniyatlar

propaganda Banner

“Namunali filial oyligi” dasturi doirasida Toshkent viloyati filialining Nurafshon filiali uchun moddiy-texnik baza bilan ta’minlangan yangi bino foydalanishga topshirildi.

😊 "KAFIL-SUG‘URTA" tomonidan olib borilayotgan rejali ishlar natijasida Nurafshon filiali zamonaviy infratuzilma va funksional ish muhiti asosida faoliyat boshladi. Yangi tashkil etilgan filialda xizmat ko‘rsatish jarayonlari boshidanoq aniq tartib va ichki ish mexanizmlari asosida yo‘lga qo‘yildi.

▶️ Mijozlar uchun qabulxona va xizmat ko‘rsatish maydonlari zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlandi;
▶️ Xizmat ko‘rsatish jarayonlari tizimlashtirilib, tezkorlik va ochiqlikka alohida e’tibor qaratildi;
▶️ Xodimlar faoliyati uchun qulay va funksional ish joylari tashkil etildi;
▶️ Yangi bino va jihozlar filial faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga xizmat qilmoqda.

✔️ Nurafshon filialida xizmat ko‘rsatish jarayonlari belgilangan tartib asosida tashkil etilgan bo‘lib, bu mijozlar bilan ishlashda aniqlik va izchillikni ta’minlaydi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: