Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 25.12.2025

KAFIL-SUG‘URTA AJ va Tashkent Perfect University o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi!

propaganda Banner

Ta’lim va amaliyot o‘rtasida samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida KAFIL-SUG‘URTA AJ hamda Tashkent Perfect University o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

📍 Ushbu hujjat talabalar uchun sug‘urta sohasi faoliyati bilan yaqindan tanishish, nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan boyitish hamda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.

Hamkorlik doirasida: 
➡️talabalarni sug‘urta kompaniyasi faoliyati bilan tanishtirish; 
➡️ real ish jarayonlari asosida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish; 
➡️ bitiruvchilarning mehnat bozoriga moslashuvini kuchaytirish; 
➡️ ta’lim jarayonini amaliy ehtiyojlar bilan uyg‘unlashtirish ko‘zda tutilgan.

😊 Mazkur hamkorlik sug‘urta sohasida malakali va amaliy tajribaga ega kadrlar shakllanishiga xizmat qiladi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: