Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 20.12.2025

Sug‘urta madaniyati — jamoatchilik e’tiborida

propaganda Banner

2025-yil 19-dekabr kuni KAFIL-SUG‘URTA kompaniyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali vakillari ATV telekanalining “Yangiliklar” axborot ko‘rsatuvida ishtirok etdi.

Efir davomida sug‘urta faoliyatida uchraydigan holatlar yuzasidan aholi uchun tushuntiruvchi va izohli ma’lumotlar taqdim etildi. Kompaniya mutaxassislari sug‘urta jarayonlarining amaldagi tartibi, ularni qo‘llash mexanizmlari hamda huquqiy asoslari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Ko‘rsatuvda, shuningdek, quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
➡️ sug‘urta munosabatlarida tomonlarning huquq va majburiyatlari;
➡️ baxtsiz hodisalar yuz berganda tovon puli to‘lash jarayonida amal qilinadigan shaffoflik va adolat tamoyillari;
➡️ sug‘urta madaniyatini shakllantirish va keng targ‘ib etishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni;
➡️ kompaniyaning mijozlar manfaatlarini ta’minlash borasidagi amaliy yondashuvi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: