Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 20.12.2025

Sug‘urta madaniyati — ommaviy axborot vositalarida!

propaganda Banner

2025-yil 19-dekabr kuni "KAFIL-SUG‘URTA" kompaniyasining Jizzax viloyati filiali vakillari Jizzax MTRKning "Diyor yangiliklari" ko‘rsatuvida ishtirok etdi.

Ko‘rsatuv davomida aholi va sug‘urta kompaniyalari o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli sug‘urta holatlariga kompaniya mutaxassislari tomonidan aniq va batafsil izohlar berildi.

Dasturda, shuningdek, quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
➡️ Sug‘urta munosabatlarida har ikki tomonning huquq va majburiyatlari;
➡️ Baxtsiz hodisalarda tovon puli to‘lash jarayonidagi shaffoflik va adolat tamoyillari;
➡️ Sug‘urta madaniyatini oshirishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni;
➡️ "KAFIL-SUG‘URTA" kompaniyasining mijozlar manfaatini ta’minlashdagi tajribasi.
 

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: