“KAFIL-SUG‘URTA” AJ vakillari tomonidan talabalar uchun o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi!
“KAFIL-SUG‘URTA” AJ va Tashkent International University o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida universitet talabalari uchun amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mazkur mashg‘ulot “KAFIL-SUG‘URTA” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari — Xodimlar bilan ishlash departamenti direktori Djanturaev Umid Muxammadyusupovich boshchiligida tashkil etildi.
Uchrashuv davomida talabalar sug‘urta bozorining amaldagi mexanizmlari, sohadagi kadrlar tayyorlash talablari hamda sug‘urta tizimida kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Mashg‘ulot quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oldi:
- sug‘urta sohasining tuzilmasi va faoliyat prinsiplari;
- nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan bog‘lash usullari;
- sug‘urta bozorida karyera boshlash va rivojlanish yo‘llari;
- zamonaviy mutaxassis uchun zarur bo‘lgan kasbiy va shaxsiy ko‘nikmalar.
“KAFIL-SUG‘URTA” — ta’lim va amaliyotni uyg‘unlashtirgan holda kelajak mutaxassislarini tayyorlash yo‘lida.