“KAFIL-SUG‘URTA” AJ va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
“KAFIL-SUG‘URTA” AJ ta’lim muassasalari bilan amaliy aloqalarni kengaytirish doirasida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzoladi.
Memorandum imzolash tadbiri Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali direktori Avezov Mansurjon Seydamatovich hamda universitet rektori Duyisenbayev Olimjon Ismailovich ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur kelishuv doirasida quyidagi yo‘nalishlar belgilandi:
- talabalarning sug‘urta sohasi bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish;
- ta’lim jarayonini real ish tajribasi bilan uyg‘unlashtirish;
- sug‘urta bozorida faoliyat yuritishga tayyor yosh mutaxassislarni tayyorlash;
- hududiy kadrlar salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash.
Ushbu memorandum ta’lim va amaliyot o‘rtasidagi uzviy aloqani mustahkamlashga hamda sug‘urta sohasi uchun zarur bo‘lgan kadrlar bazasini kengaytirishga xizmat qiladi.
“KAFIL-SUG‘URTA” — bilim va amaliy tajriba uyg‘unligiga tayangan barqaror taraqqiyot yo‘lida.