Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 11.12.2025

“KAFIL-SUG‘URTA” AJ va Tashkent International University — ta’lim va sug‘urta sohasida yangi qadam!

propaganda Banner

“KAFIL-SUG‘URTA” AJ mamlakatimizda malakali kadrlar tayyorlash jarayoniga hissa qo‘shish maqsadida Tashkent International University bilan memorandum imzoladi.

Ushbu kelishuv sug‘urta savodxonligini oshirish, moliyaviy barqarorlik madaniyatini mustahkamlash va zamonaviy bilimga ega yosh mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.

Memorandum doirasida quyidagi yo‘nalishlar belgilandi:

- talaba va yosh mutaxassislar uchun amaliy o‘quv dasturlarini joriy etish;
- ta’lim jarayoni va amaliyot o‘rtasida innovatsion yondashuvlarni shakllantirish;
- sug‘urta sohasi bo‘yicha yangi loyihalar ustida qo‘shma ishlarni rivojlantirish;
- bozor talablariga mos kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish.

Mazkur tashabbus sug‘urta bozorini rivojlantirishning ustuvor maqsadlariga muvofiq ravishda yoshlar bilim salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

“KAFIL-SUG‘URTA” — yangi avlod mutaxassislari bilan birga taraqqiyot sari.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: