Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 02.12.2025

“KAFIL-SUG‘URTA” va EasyBooking Travel — turizm va sug‘urta sohasida yangi bosqich!

propaganda Banner

“KAFIL-SUG‘URTA” kompaniyasi O‘zbekistondagi yetakchi turistlik xizmat ko‘rsatuvchilardan biri — EasyBooking Travel bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzoladi.

❤️ Ushbu kelishuv turizm yo‘nalishidagi sug‘urta xizmatlarini yangi bosqichga olib chiqish, zamonaviy yechimlarni joriy etish hamda mijozlar uchun xavfsiz va qulay sayohat muhitini shakllantirishga qaratilgan.

Memorandum doirasida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilandi:
➡️ sayyohlar uchun tezkor va zamonaviy sug‘urta xizmatlarini yo‘lga qo‘yish;
➡️ xalqaro safarlardagi xatarlarni kamaytirishga qaratilgan amaliyotlarni kengaytirish;
➡️ raqamli sug‘urta mahsulotlarini turizm xizmatlariga integratsiya qilish;
➡️ sayohatni rejalashtirish jarayonida mijozlar uchun maksimal qulaylik yaratish.

🔻 Ushbu hamkorlik O‘zbekistonda turizm sug‘urtasi madaniyatini rivojlantirish va safar xavfsizligini yangi bosqichga ko‘tarishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

😊 “KAFIL-SUG‘URTA” — zamonaviy va ishonchli sug‘urta yechimlari tarafdori.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: