Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 28.11.2025

"KAFIL-SUG‘URTA" AJ va ISFT — "International School of Finance Technology and Science" — sug‘urta sohasida zamonaviy bilimlar uchun yangi imkoniyatlar!

propaganda Banner

Bugungi uchrashuv doirasida Boshqaruv raisi o‘rinbosari — “Xodimlar bilan ishlash” departamenti direktori Janturaev Umidjon Muhammadjusupovich ISFT universitetiga tashrif buyurib, talabalar bilan sug‘urta yo‘nalishi bo‘yicha muhim masalalarni muhokama qildi.

Tadbirda quyidagi yo‘nalishlarda batafsil ma’lumotlar berildi:

🔴 agentlar bilan ishlash jarayoni va unga xos tamoyillar;
🔴 sug‘urta bozoridagi bugungi tendensiyalar va ularning ahamiyati;
🔴 yosh mutaxassislar uchun amaliyot va rivojlanish imkoniyatlari.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, sohaga oid real vaziyatlar tahlil qilindi. Suhbat ochiq muloqot va faol ishtirok ruhida o‘tdi.

🎓 ISFT bilan yo‘lga qo‘yilayotgan hamkorlik sug‘urta sohasi uchun bilimli va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda muhim o‘rin tutadi. Bunday uchrashuvlar talabalar uchun amaliyotga yaqin bo‘lgan bilim va tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: