Ijtimoiy Targ'ibot
Press-Reliz
26.11.2025
Qashqadaryo viloyati filiali infratuzilmasi to‘liq yangilandi va foydalanishga topshirildi
Filialda amalga oshirilgan keng qamrovli ta’mirlash va yangilash ishlari mijozlarga xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirishga qaratildi.
➡️ Qabulxona va mijozlar uchun mo‘ljallangan maydonlar to‘liq yangilanib, zamonaviy ish uslubiga mos sharoitlar yaratildi;
➡️ Xizmat ko‘rsatish jarayonlari optimallashtirilib, tezkorlik va shaffoflikka e’tibor kuchaytirildi;
➡️ Hodimlar faoliyati uchun qulay ish muhiti va zamonaviy talablariga mos infratuzilma shakllantirildi.
✨ Filialda amalga oshirilgan yangilanishlarni samarali tashkil etgan rahbariyatga minnatdorchilik bildiramiz.
🔥 Yangilangan Qashqadaryo viloyati filiali mijozlarga yanada qulay, ishonchli va barqaror xizmat taqdim etishni maqsad qiladi.