Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 25.11.2025

"KAFIL-SUG‘URTA" AJ va Oriental University — amaliy bilimlar va yangi imkoniyatlar yo‘lidagi hamkorlik!

propaganda Banner

"KAFIL-SUG‘URTA" AJ sug‘urta kompaniyasi va Oriental University o‘rtasidagi amaliy hamkorlik doirasida talabalar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda Boshqaruv raisi o‘rinbosari — “Xodimlar bilan ishlash” departamenti direktori Janturayev Umidjon Muhammadusupovich hamda “Malaka oshirish” markazi direktori Jalilov Mirshod Burxonovichlar ishtirok etib, agentlar tayyorlash jarayoni va ushbu yo‘nalishdagi xususiyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Uchrashuvning asosiy yo‘nalishlari:
🔴 talabalarni sug‘urta sohasining amaliyoti bilan tanishtirish;
🔴 agentlik faoliyati bo‘yicha zarur tushunchalarni taqdim etish;
🔴 kelgusi agentlar jamoasini shakllantirish bo‘yicha qadamlarga aniqlik kiritish.

Talabalarga sug‘urta bozori tendensiyalari, sohaga oid amaliy tajribalar va imkoniyatlar haqida tushunchalar berildi. Savol-javoblar orqali ularni qiziqtirgan yo‘nalishlar muhokama qilindi.

🔴 “Oriental University” bilan izchil hamkorlik yosh kadrlarga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni berish hamda sug‘urta sohasida yetuk mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qilmoqda.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: