Sug‘urta madaniyati — ommaviy axborot vositalarida!
2025-yil 3-noyabr kuni "KAFIL-SUG‘URTA" kompaniyasining Farg‘ona viloyati filiali vakillari Farg‘ona MTRKning "Farg‘ona 24" ko‘rsatuvida ishtirok etdi.
✅ Ko‘rsatuv davomida aholi va sug‘urta kompaniyalari o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli sug‘urta holatlariga kompaniya mutaxassislari tomonidan aniq va batafsil izohlar berildi.
Dasturda, shuningdek, quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
➡️ Sug‘urta munosabatlarida har ikki tomonning huquq va majburiyatlari;
➡️ Baxtsiz hodisalarda tovon puli to‘lash jarayonidagi shaffoflik va adolat tamoyillari;
➡️ Sug‘urta madaniyatini oshirishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni;
➡️ "KAFIL-SUG‘URTA" kompaniyasining mijozlar manfaatini ta’minlashdagi tajribasi.