Sug'urta madaniyati — ommaviy axborot vositalarida!
2025 yil 29-oktyabr kuni “KAFIL-SUG‘URTA” AJning Buxoro viloyati filiali vakillari Buxoro MTRK tomonidan tayyorlangan maxsus reportajda ishtirok etdi.
✅ Ko‘rsatuv aholining moliyaviy savodxonligini oshirish va sug‘urta xizmatlarini keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi.
Dastur davomida xodimlarimiz quyidagi masalalarni yuksak darajada yoritib berishdi:
➡️ Sug‘urta xizmatlarining mohiyati va ularning jamiyat hayotidagi o‘rni;
➡️ Aholi uchun eng qulay va ishonchli sug‘urta turlari;
➡️ Sug‘urta madaniyatini shakllantirishda “KAFIL-SUG‘URTA” kompaniyasining roli;
➡️ Mijozlar manfaatini ta’minlashda sug‘urtaning amaliy ahamiyati.
🟢 Kompaniyamiz sug‘urta madaniyatini oshirish va aholida ishonchli moliyaviy yondashuvni shakllantirish yo‘lida faol ish olib bormoqda.