Bir urug‘ — minglab yashil umidlar!
Dunyo emas — yashamoqni sev, Toza havo, toza qalbni sev. Yashnatmoq-u gullatmoqni sev, Tabiatni — shu makonni sev. Bir maqsadda birlashmoq go‘zal, Mingta so‘zdan — bir amal afzal.
Bugun “KAFIL-SUG‘URTA” yoshlar klubi taniqli eko-bloger Mutabar Xushvaktova (O‘rik guli) bilan birgalikda “Ezgu tilak” ekologik tashabbusida ishtirok etdi. 🌱
😊 Tadbir davomida ishtirokchilar eman, kashtan, yong‘oq va qarag‘ay urug‘larini yig‘ish orqali tabiatga o‘z mehrlarini qo‘shdilar.
🌳 Bu tashabbus — shunchaki ekologik tadbir emas. Bu — tabiatga mehr, kelajak avlod uchun mas’uliyat, yashil hayot sari tashlangan haqiqiy qadamingizdir.
Chunki bir urug‘ — yangi hayotning boshlanishi, bir daraxt — toza havo va yashil kelajakning poydevori.