Ijtimoiy Targ'ibot
Press-Reliz
24.10.2025
“KAFIL-SUG‘URTA”: madaniyatlar, til va hamkorlikni birlashtirgan yangi bosqich!
Bir makon, bir zamon — bu faqat loyiha emas, balki yangi g‘oyalar, bilim va imkoniyatlar sari yo‘l.
Bugun “KAFIL-SUG‘URTA” AJ Konfutsiy nomidagi O‘zbek–Xitoy instituti bilan hamkorlik memorandumi imzoladi!
Mazkur memorandum asosida:
➡️ kompaniya xodimlari uchun xitoy tili kurslari yo‘lga qo‘yiladi;
➡️ xitoylik mutaxassislar bilan hamkorlikni kuchaytirish rejalashtirilgan;
➡️ ikki xalq o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlovchi tadbirlar tashkil etiladi.
📍 Ushbu memorandum — xalqaro muloqot, til va madaniyat orqali yangicha fikrlash sari tashlangan muhim qadamlardan biridir.
Axir, o‘zaro tushunish va bilim almashinuvi — eng ishonchli ko‘prikdir. 🌍