Navoiy davlat universitetida yoshlar ta’limi va ularning amaliyot jarayonini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan navbatdagi muhim hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
📍 Universitetda respublikada mashhur, yetakchi sugʻurta kompaniyasi “KAFIL-SUG‘URTA” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
⚫️Ushbu uchrashuvda Navoiy davlat universiteti rektori Muxiddin Kalonov hamda respublika “KAFIL-SUG‘URTA” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Furqat Artikov va universitetning soha prorektorlari, professor-oʻqituvchilari, sug‘urta sohasi mutaxassislari ishtirok etdi.
📑Hamkorlik memorandumining imzolanishi jarayonida tomonlar kelgusida yosh avlodni sug‘urta sohasi bo‘yicha talabalarga amaliy bilimlar, zamonaviy kasbiy ko‘nikmalar berish, hamkorlik asosida ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda dual taʼlimni tashkil etish bo‘yicha kelishib olishdi.
🟢Bundan tashqari, oxirgi yillarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan oliygohlar va korxonalar o‘rtasida dual ta’lim joriy etish, yoshlarning malakali kadr sifatida shakllanishiga katta e’tibor berilmoqda. Hamkorlikning asosiy maqsadi nazariya va amaliyotni uygʻunlashtirgan DUAL taʼlim tizimi asosida “KAFIL-SUGʻURTA” aksiyadorlik jamiyatining Navoiy viloyati boʻlimida kafedra filialini tashkil etish hamda talabalar uchun dual taʼlim tizimi asosida amaliyot oʻtash imkoniyatlarini yaratishdir.
🟢Ushbu memorandum doirasida talabalarning amaliy tajriba jarayonlarini tashkil etish, sug‘urta sohasida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, talabalar va yosh mutaxassislar uchun qo‘shma loyihalar, seminar va treninglarni yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish ishlari koʻzda tutildi.
🟢Tadbir doirasida har ikki tomon o‘zaro ramziy sovg‘alar ulashishdi. Bu esa ikki tomon o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining do‘stona va samimiy ruhda boʻlib oʻtganligidan dalolatdir.
📎Mazkur hamkorlik yosh mutaxassislarning kelajakda sug‘urta va moliya sohalarida raqobatbardosh kadr bo‘lib yetishishiga, ta’lim va amaliyotning uyg‘unlashuviga, eng muhimi, ularning kasbiy kamolotida yangi marralar ochilishiga xizmat qiladi.