Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Namunali filial oyligi” doirasida Ellikqal’a tumanida amaliy uchrashuvlar tashkil etildi!
Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Namunali filial oyligi” doirasida Ellikqal’a tumanida amaliy uchrashuvlar tashkil etildi!
Uchrashuvda Boshqaruv raisi o‘rinbosari — “Sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish” departamenti direktori Muminov Farhod Azimovich, Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali direktori Mansurjon Avezov hamda Ellikqal’a tumani hokimining moliya, iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Alimov Bobur Qahramon o‘g‘li ishtirok etdilar.
💬 Suhbat jarayonida aholi o‘rtasida sug‘urta savodxonligini oshirish, mahalla va tashkilotlarda sug‘urta xizmatlarini keng targ‘ib qilish hamda ularni yanada ommalashtirish masalalari muhokama etildi.
🔜 Doimiy ravishda aholi bilan uchrashuvlar tashkil etish yuzasidan takliflar ilgari surildi.
🔜 Sug‘urtaning ahamiyati va uning jamiyat barqarorligiga qo‘shadigan ulkan hissasi alohida ta’kidlandi.
😊 “Namunali filial oyligi” doirasida o‘tkazilayotgan bunday uchrashuvlar aholi o‘rtasida sug‘urta madaniyatini yuksaltirish va ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi.