Qoraqalpog‘iston Respublikasida sug‘urta sohasini rivojlantirish yo‘nalishida muloqot!
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Budjet, iqtisodiy islohotlar, investitsiyalar va innovatsiya masalalari qo‘mitasi raisi Seytnazarov Berdibek Ametbekovich hamda “KAFIL-SUG‘URTA” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari — “Sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish” departamenti direktori Farhod Azimovich Muminov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali direktori Mansurjon Avezov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
💠 Uchrashuvda sug‘urta tizimining hududdagi iqtisodiy islohotlarga ta’siri, investitsiya muhitini mustahkamlashdagi ahamiyati hamda innovatsion yondashuvlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
🔹 Sektor faoliyatida yangi imkoniyatlar yaratish, tadbirkorlik subyektlarini sug‘urta orqali qo‘llab-quvvatlash hamda aholi o‘rtasida sug‘urta madaniyatini kengaytirish yo‘nalishida takliflar ilgari surildi.
🔹 Shuningdek, sug‘urta sohasini zamonaviy talablarga mos ravishda rivojlantirish va uni iqtisodiy barqarorlikning ajralmas qismiga aylantirish zarurligi ta’kidlandi.
😊 Bunday muloqotlar sug‘urta tizimining joylarda samarali faoliyat yuritishi va aholining ishonchini yanada oshirishga xizmat qiladi.