Xalqaro TAF!25 konferensiyasi: biznesni rivojlantirish uchun yangi ufqlar va samarali vositalar!
11-oktyabr 2025-yil, Toshkent shahrida yirik miqyosdagi TAF! (Tashkent Advertising Forum) festivali bo‘lib o‘tdi. Unda jamiyatimizning “Sifat va marketing” departamenti jamoasi faxrli mehmon sifatida ishtirok etdi.
Festival davomida dunyoning turli mamlakatlaridan, shuningdek, Markaziy Osiyoning yetakchi marketing mutaxassislari bir joyga to‘planib,
- zamonaviy marketingdagi innovatsiyalar,
- raqamli tendensiyalar,
- kreaktiv yondashuvlar haqida o‘zaro fikr almashishdi.
Sahna markazida esa Marketing 5.0 konsepsiyasi — inson va texnologiya uyg‘unligiga asoslangan yangi davr marketingi muhokama qilindi.
Bu g‘oya mijoz tajribasini chuqurroq anglash, sun’iy intellekt va raqamli kommunikatsiyalarni insoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan.
Bunday keng qamrovli festivalda ishtirok etish kompaniyamizga marketing siyosatini yanada rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarni amaliyotga joriy etishda muhim turtki bo‘ldi!