Sug‘urta madaniyati – ishonchli iqtisodiy muhit garovi!
Sug‘urta xizmatlarini ommalashtirish va aholining sug‘urta madaniyatini yuksaltirish maqsadida “KAFIL-SUG‘URTA” AJ vakillari Toshkent viloyati, Keles tumani Davlat soliq inspeksiyasida bo‘lishdi.
Uchrashuv “KAFIL-SUG‘URTA” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari, “Xodimlar bilan ishlash” departamenti direktori Umidjon Djanturayev boshchiligida o‘tkazildi.
➡️ Tashrif davomida soliq inspeksiyasi xodimlariga kompaniya faoliyati, mavjud sug‘urta turlari va ularning afzalliklari haqida ma’lumot berildi.
➡️ Shuningdek, davlat tashkilotlarida sug‘urta madaniyatini yanada keng yoyish hamda sug‘urta mahsulotlarini amaliy jihatdan tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
“KAFIL-SUG‘URTA” kompaniyasi aholining har bir qatlamiga moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi yechimlarni taklif etishda davom etadi.