Kasbiy mahorat sari dadil qadam
“KAFIL-SUG‘URTA” kompaniyasi xodimlarining doimiy ravishda bilim va tajribasini oshirib borishi bizning faxrimizdir.
“Buxgalteriya hisobi” departamenti yetakchi buxgalterlari —
Irmuxamedova Sevara Anvarovna va Azimova Munira Fuatovna
“IFRS Academy” va “Norma” o‘quv markazlari hamkorligida tashkil etilgan “Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari” kursini muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikatga ega bo‘ldilar.
Ushbu yutuq — ularning intilish va izlanishlarining amaldagi samarasi bo‘lib, kompaniyamiz jamoasi zamonaviy bilim va malakaga tayangan holda taraqqiyot sari dadil odimlayotganidan dalolat beradi.
🌟 “KAFIL-SUG‘URTA” jamoasi bunday bilimdon va fidoyi xodimlar bilan faxrlanadi hamda ularning tajribasi kelgusida kompaniya taraqqiyotida muhim o‘rin tutishiga ishonadi.