Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 25.09.2025

Yangi qadam – ta’lim va amaliyot uyg‘unligi!

propaganda Banner

"KAFIL-SUG‘URTA" kompaniyasi o‘z oldiga nafaqat sug‘urta bozorida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, balki yoshlar bilan birga kelajakka qadam tashlashni maqsad qilib qo‘ygan.

Shu ma’noda, Urganch davlat universiteti va Urganch RANCH texnologiyalari universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu hamkorlik doirasida:
- talabalar uchun amaliy tajriba jarayonlari tashkil etiladi;
- sug‘urta sohasida zamonaviy bilim va ko‘nikmalar ulashiladi;
- ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lga qo‘yiladi.

Bu qadam kelajak mutaxassislarini sug‘urta sohasida zamonaviy yondashuvlar bilan qurollantirish, ta’lim va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: