Mirzo Ulug‘bek bog‘ida kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi!
Ushbu tadbirda kompaniyamizdan “Xodimlar bilan ishlash” departamenti vakili ishtirok etib, kompaniya tomonidan taklif etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berdi.
- Inson resurslarini rivojlantirish,
- Bandlikning zamonaviy shakllarini joriy etish,
- Xalqaro andozalar asosida munosib mehnat munosabatlarini keng tatbiq etish
kabi yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar tadbirning asosiy maqsadlari bilan uyg‘unlik kasb etadi.
😊 Kompaniyamiz aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy barqarorlikka hissa qo‘shish maqsadida bunday tashabbuslarda ishtirok etishni davom ettiradi.