Navoiy viloyatida “Namunalı filial oyligi” doirasida Konimeh tumanida amaliy uchrashuvlar tashkillashtirildi!
Uchrashuvda Boshqaruv raisi o‘rinbosari — “Sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish” departamenti direktori Farhod Azimov, Navoiy viloyati filiali direktori Zafarjon Turaev hamda Konimeh tumani hokimi Ruziev Ruslan Nosirovich ishtirok etdilar.
Suhbat jarayonida aholi o‘rtasida sug‘urta savodxonligini oshirish, mahalla va tashkilotlarda sug‘urta xizmatlarini keng targ‘ib qilish hamda ularni yanada ommalashtirish masalalari muhokama etildi.
➡️ Doimiy ravishda aholi bilan uchrashuvlar tashkil etish yuzasidan takliflar ilgari surildi.
➡️ Sug‘urtaning ahamiyati va uning jamiyat barqarorligiga qo‘shadigan ulkan hissasi alohida ta’kidlandi.
🌟 “Namunalı filial oyligi” doirasida o‘tkazilayotgan bunday uchrashuvlar aholida sug‘urta madaniyatini yuksaltirish va ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi.