Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 19.09.2025

Navoiy viloyatida «Namunalı filial oyligi» doirasida aholi va tashkilotlar o‘rtasida sug‘urta xizmatlarini keng targ‘ib qilish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

propaganda Banner

Uchrashuvda Boshqaruv raisi o‘rinbosari — "Sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish" departamenti direktori Farhod Azimov, Karmana tuman hokimi Adizov Valijon Yusupovich hamda Navoiy viloyati filiali direktori Zafarjon Turaevlar ishtirok etishdi.

Suhbat davomida qator masalalar ko‘rib chiqildi:
- aholi uchun sug‘urtaning ahamiyati va uning turlari,
- tashkilotlar uchun moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda sug‘urtaning o‘rni,
- sug‘urta madaniyatini yuksaltirish va keng jamoatchilikka yetkazish yo‘llari.

Uchrashuv aholi va tashkilotlar o‘rtasida ishonchli sug‘urta munosabatlarini shakllantirishda muhim qadam bo‘ldi. “KAFIL-SUG‘URTA” joylarda amaliy muloqotlar orqali sug‘urtaning hayotiy ahamiyatini yanada keng yoritishga intilmoqda.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: