Surxondaryo viloyati filialida amaliy chora-tadbir
“KAFIL-SUG‘URTA” AJda joriy qilingan “Namunali filial” oyligi dasturi doirasida belgilangan vazifalarni samarali bajarish maqsadida Surxondaryo viloyati filialida maxsus chora-tadbir tashkil etildi.
✔️ Tadbir davomida filial faoliyatida xizmat sifatini yanada oshirish, mijozlar bilan ishlash samaradorligini kuchaytirish hamda ichki jarayonlarni takomillashtirish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
🎓 Shu o‘rinda filial direktori Mamathakimov Xurshidjon Termiz Iqtisodiyot va Servis universitetiga tashrif buyurib, talabalarga sug‘urta bozoridagi imkoniyatlar hamda agent sifatida faoliyat yuritish imkoniyatlari haqida atroflicha tushunchalar berdi.
👍 Bunday chora-tadbirlar filiallar ish samaradorligini oshirish, xizmatlar sifatini yuksaltirish va mijozlar ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.