Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 16.09.2025

Yutuq va imkoniyatlar — yangi cho‘qqilar sari!

propaganda Banner

“KAFIL-SUG‘URTA” jamoasi doim o‘z sohasida ilg‘or tajribani o‘rganish va amaliyotda qo‘llashga intilmoqda.

Joriy yilda kompaniyamiz ikki xodimi —
👨‍💼 Xorazm viloyati filiali direktori Yusupov Muhammadjon Pulatboevich — 2024 yil yakuniga ko‘ra “Eng yaxshi filial rahbari” nominatsiyasi g‘olibi,
👨‍💼 Toshkent viloyati filiali direktori Abduaxatov Nodirbek Ravshanovich — “Eng yaxshi sug‘urtachi” nominatsiyasi g‘olibi sifatida chet el sayohati yo‘llanmasi bilan taqdirlandilar.

✅ Muhammadjon Pulatboevich va Nodirbek Ravshanovich ushbu yutuq orqali nafaqat sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi, balki xalqaro nufuzli platforma — FALIA (“Hayot va sug‘urtani butunjahon miqyosida rivojlantirish jamg‘armasi”) doirasida ham ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini boyitib qaytishdi.

⚜️ Bu esa kompaniyamiz mutaxassislari uchun yangi tajribalar, ilg‘or g‘oyalar va global sug‘urta amaliyotini o‘rganish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: