Navoiy viloyatida yoshlar bilan uchrashuv
2025-yil 12-sentabr kuni “KAFIL-SUG‘URTA” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari / "Xodimlar bilan ishlash" departamenti direktori Djanturayev Umidjon Muhammadyusupovich hamda Navoiy viloyati filiali direktori Turaev Zafarjon Ergashevich Navoiy davlat universitetiga tashrif buyurishdi.
⚡️ Uchrashuv doirasida talabalariga sug‘urta va moliya sohasidagi zamonaviy tushunchalar, bozor imkoniyatlari hamda kelgusidagi rivojlanish yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.
- Yosh avlodda moliyaviy savodxonlikni oshirish
- Sug‘urta sohasiga qiziqish uyg‘otish
- Yangi avlod agentlarini shakllantirish
ushbu tashrifning asosiy maqsadi bo‘lib xizmat qildi.
😊 “KAFIL-SUG‘URTA” AJ uchun yoshlar bilan ochiq muloqot va ularda zamonaviy bilimlarni rivojlantirish — kelajak taraqqiyotining muhim ustuvor yo‘nalishidir.