Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 10.09.2025

"KAFIL-SUG‘URTA" AJ va Xalqaro Osiyo universiteti — kelajakka yo‘naltirilgan hamkorlik!

propaganda Banner

2025 yil 10 sentyabr kuni "KAFIL-SUG‘URTA" AJ sug‘urta kompaniyasi va Xalqaro Osiyo universiteti o‘rtasida strategik hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu hamkorlik ta’lim, fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlab, yosh avlodning salohiyatini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish hamda sug‘urta bozori uchun malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan.

Memorandum doirasida:
- talabalar uchun stajirovkalar va amaliy tajribalar tashkil etish;
- sug‘urta agentlari guruhini shakllantirish;
- yoshlarni kasbiy sohada yangicha bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash masalalari belgilandi.

Tadbir yakunida talabalar uchun amaliy mashg‘ulot sifatida mahorat darsi o‘tkazilib, ularga sug‘urta sohasidagi zamonaviy yo‘nalishlar va imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

"KAFIL-SUG‘URTA" uchun yoshlar bilan hamkorlik — bu kelajak sari qadamdir!

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: