Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 09.09.2025

Buxoro davlat pedagogika institutida o‘quv seminar o‘tkazildi.

propaganda Banner

Tadbirda “KAFIL-SUG‘URTA” kompaniyasining Boshqaruv raisi o‘rinbosari – Xodimlar bilan ishlash departamenti direktori Umid Muxammadyusupovich hamda Buxoro shahar filiali menejeri Bobojonov O‘tkir Saidovich ishtirok etdilar.

🏷 Seminar davomida yoshlarga sug‘urta sohasining dolzarb jihatlari bo‘yicha bilim va amaliy tajribalar yetkazildi. Jumladan:
- Sug‘urta bozorining rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi imkoniyatlari;
- Aholi, xususan talabalar uchun mo‘ljallangan qulay sug‘urta mahsulotlari;
- Shaxsiy moliyaviy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy tamoyillari;
- Tadbirkorlik faoliyatini boshlashni istagan yoshlarga amaliy tavsiyalar.

Ushbu seminar yoshlarda moliyaviy savodxonlikni oshirish, sug‘urtaning iqtisodiyotdagi va kundalik hayotdagi ahamiyatini chuqur anglash, shuningdek, ularning kelajakdagi kasbiy yo‘nalishlarini belgilashda muhim o‘rin tutdi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: