Ijtimoiy Targ'ibot
Press-Reliz
09.09.2025
Xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan seminarlar Buxoro viloyati filialida start oldi!
Kompaniyamizda xodimlar malakasini oshirish va xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yuksaltirish maqsadida o‘quv seminarlar yo‘lga qo‘yildi.
👨💼 Ushbu loyihada Boshqaruv raisi o‘rinbosari – Xodimlar bilan ishlash departamenti direktori Djanturaev Umid Muxammadyusupovich tomonidan mashg‘ulotlar tashkil etilib, xodimlarga yangi bilim va tajribalar berilmoqda.
🏷 Maqsadlar:
- Mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmat sifatini oshirish
- Tezkor va samarali yondashuvni yo‘lga qo‘yish
- Malakali xodimlar safini kengaytirish
⚡️ Dastur kompaniya xodimlarining kasbiy salohiyatini rivojlantirish va filiallar faoliyati samaradorligini oshirishda muhim qadam hisoblanadi.