Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 28.08.2025

JIZZAX VILOYATIDA YOSHLAR YARMARKASI

propaganda Banner

Jizzax viloyatida yoshlarning qiziqishlarini o‘rganish, ularni ish bilan ta’minlash hamda kasbga yo‘naltirish maqsadida yoshlar yarmarkasi o‘tkazildi. Ushbu tadbirda turli yo‘nalishlar qatori sug‘urta sohasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

📌 Kompaniyamizning Jizzax viloyati filiali yarmarkada ishtirok etdi. Filial vakillari yoshlarga sug‘urta sohasidagi imkoniyatlar, kasbiy o‘sish yo‘nalishlari va ishga joylashish shartlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etdilar. Shuningdek, sug‘urta faoliyatining o‘ziga xos jihatlari va ahamiyati haqida tushuntirishlar berishdi.

✅ Bunday uchrashuvlar yoshlar uchun yangi ish va o‘qish imkoniyatlarini yaratish bilan birga, ularning bilim va ko‘nikmalarini to‘g‘ri yo‘naltirishga xizmat qiladi. Shu orqali sug‘urta sohasiga qiziqqan yoshlar uchun mustahkam poydevor hamda kelgusida malakali kadrlar yetishib chiqishiga zamin yaratiladi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: