Ijtimoiy Targ'ibot
Press-Reliz
21.08.2025
Samarqand viloyati filiali – sug‘urta sohasini ommalashtirishda izchil faoliyat olib bormoqda!
Kompaniyamizning Samarqand viloyati filiali nafaqat sug‘urta xizmatlarini taqdim etib, balki aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga ham doimiy e’tibor qaratmoqda.
Shu maqsadda tadbirkorlik faoliyatini boshlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun o‘quv seminari tashkil etildi. Unda:
- kredit olishda sug‘urtaning ahamiyati,
- to‘lovlarni kechiktirish oqibatida yuzaga keladigan majburiyatlar,
- subrogatsiya tartibi orqali qarzdorlikni undirish mexanizmlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
💠 Filial direktori va subrogatsiya bo‘limi xodimi ishtirokida o‘tkazilgan seminar tadbirkorlikni endi boshlayotgan fuqarolar uchun muhim amaliy bilim manbai bo‘ldi.