Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 14.08.2025

Surxondaryoda tadbirkorlar bilan sug‘urta bo‘yicha seminar o‘tkazildi

propaganda Banner

Surxondaryo viloyati filialida biznes subyektlari uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan seminar tashkil etildi.

▶️ Tadbir Surxondaryo viloyati kichik biznesga ko‘maklashish markazi va Savdo-sanoat palatasi hamkorligida o‘tkazilib, hududdagi tadbirkorlik subyektlari keng ishtirok etdi.

⏺ Seminarda sug‘urtaning mohiyati, biznes jarayonlarida moliyaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, tadbirkorlarning amaliy ehtiyojlari, mavjud muammolari va ularning yechimlari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.

💡 Ushbu uchrashuv Kompaniyamiz Boshqaruv raisi o‘rinbosari F. Muminov hamda Surxondaryo viloyati filiali direktori X. Mamatxakimov rahbarligida tashkil etildi va tadbirkorlar o‘rtasida sug‘urta madaniyatini oshirish, hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qildi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: