Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 13.08.2025

Samarqand viloyatida sug‘urta bo‘yicha amaliy uchrashuv

propaganda Banner

Kompaniyamizning Samarqand viloyati filiali direktori I. Komilov rahbarligida “Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi” Samarqand viloyati hududiy filialida tadbirkorlar hamda o‘quv jarayoni qatnashchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

💬 Uchrashuv davomida ishtirokchilarga turli sug‘urta turlari va ularning amaliyotdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan:

✔️ Kredit qaytmaslik sug‘urtasi;
✔️ Jismoniy shaxslarni baxtsiz hodisadan sug‘urtalash;
✔️ Aholining mol-mulkini sug‘urtalash;
✔️ Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash;
✔️ Transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish;
✔️ KASKO hamda “Travel” sug‘urtasi.

😊 Kompaniyamizning asosiy maqsadi – aholi va tadbirkorlar o‘rtasida sug‘urta madaniyatini yuksaltirish, moliyaviy xavf-xatarlarga tayyorgarlikni kuchaytirish hamda ishonchli kafolatlar orqali barqarorlikni ta’minlashdir.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: