Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 08.08.2025

Navoiy viloyati Tomdi tumanida aholi va maktab jamoasi bilan uchrashuv

propaganda Banner

“KAFIL-SUG‘URTA” AJ Navoiy viloyati filiali direktori Z.To‘rayev va filial vakillari tomonidan Tomdi tumani 16-maktab binosida aholi, maktab xodimlari va mahalla faollari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga mol-mulk sug‘urtasi, baxtsiz hodisalar bo‘yicha sug‘urta turlari hamda ularning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv doirasida:
- Mol-mulkni sug‘urtalash tartiblari va afzalliklari tushuntirildi;
- Baxtsiz hodisalardan moliyaviy himoyalanish mexanizmlari izohlandi;
- Majburiy va ixtiyoriy sug‘urta turlarining farqlari va qo‘llash sohalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

 “KAFIL-SUG‘URTA” AJ aholi o‘rtasida sug‘urta madaniyatini targ‘ib etish, moliyaviy xavf-xatarlarga qarshi tayyorgarlikni kuchaytirish va fuqarolar uchun ishonchli kafolat yaratishga intilmoqda.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: