NAVOIY VILOYATI TOMDI TUMANIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV
“KAFIL-SUG‘URTA” AJ Navoiy viloyati filiali direktori Z. Turaev tomonidan Navoiy viloyati Tomdi tumani ovullarida aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Ushbu uchrashuvda aholining sug'urta sohasidagi savodxonligini oshirish, ularga mavjud mol-mulk, baxtsiz hodisalar va boshqa sug'urta turlari bo‘yicha keng qamrovli ma’lumotlar berishga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida:
- Mol-mulkni kompleks sug'urta qilish tartiblari yuzasidan amaliy tushuntirishlar berildi;
- Baxtsiz hodisalardan moliyaviy himoya mexanizmlari haqida atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi;
- Ixtiyoriy va majburiy sug'urta turlari, ularning farqlari, afzalliklari va qo‘llanish sohalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
“KAFIL-SUG‘URTA” AJ aholining sug'urta madaniyatini keng targ‘ib etishga, moliyaviy xavf-xatarlarga qarshi tayyorgarlikni kuchaytirishga va har bir fuqaroning xotirjamligi uchun ishonchli himoya tizimini yaratishga intilmoqda.