Sug‘urta madaniyati ommaviy axborot vositalarida targ‘ib etilmoqda!
2025-yil 29-iyul kuni “KAFIL-SUG‘URTA” kompaniyasining Qashqadaryo viloyati filiali direktori Xalikov Adxam Davronovich “QashqadaryoMTRK” telekanalining “Fayzli kun” ko‘rsatuvida ishtirok etdi.
Ko‘rsatuv "Aholining imoratlari va uy-ro‘zg‘or buyumlarini kompleks sug‘urta qilish" mavzusiga bag‘ishlandi.
Dastur davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
• Fuqarolarning uy-joylarini va uy-ro‘zg‘or buyumlarini kompleks sug‘urta qilish tartibi;
• Ushbu sug‘urta turi orqali mulkni tabiiy ofatlar, yong‘in, o‘g‘irlik kabi xavflardan moliyaviy jihatdan himoya qilish imkoniyati;
• Sug‘urta shartnomalarining tuzilish bosqichlari hamda sug‘urta to‘lovlari mexanizmi;
• “KAFIL-SUG‘URTA” kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan mahsulotlarning afzalliklari.