Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 29.07.2025

KAFIL-SUG‘URTA yoshlari — bilim va taraqqiyot yo‘lida

propaganda Banner

“KAFIL-SUG‘URTA” Yoshlar klubining tashabbuskor va faol a’zosi — Hasanboyeva Muslima Maqsudjon qizi bugungi kunda bilimga chanqoqligi, mas’uliyatli yondashuvi va mutaxassislikka bo‘lgan qiziqishi bilan ajralib turibdi.

Muslima Maqsudjon qizi hozirda kompaniyamizning “Buxgalteriya hisobi” departamentida stajyor sifatida samarali faoliyat yuritib, nazariy bilimlarini amaliyotda sinovdan o‘tkazmoqda.

Yaqinda Muslima Maqsudjon qizi "F7 – Financial Reporting (Moliyaviy hisobot)" fanidan xalqaro sertifikatga ega bo‘ldi. Ushbu natija orqali moliyaviy hisobotlarni tayyorlash, xalqaro hisob standartlari asosida tahlil qilish va axborot shaffofligini ta’minlash bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirganini namoyon etdi.

Hasanboyeva Muslima Maqsudjon qizini ushbu yutuq bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Ta’lim va faoliyatdagi izchil qadamlar kelgusida yanada yuqori natijalarni berishiga ishonch bildiramiz!

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: