SIFATGA YO‘NALGAN YANGILANISH!
"Namunali filial oyligi" doirasida Sirdaryo viloyati filiali kapital ta’mirdan chiqarilib, o‘z faoliyatini yangilangan, yanada zamonaviy muhitda davom ettirmoqda!
Ushbu o‘zgarish ortida kompaniya rahbariyatining strategik qarashlari, mijozlar uchun qulaylik yaratishga qaratilgan siyosat va xodimlar samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan maqsadli ishlar mujassam.
Filial to‘liq modernizatsiya qilindi – interyer zamonaviy andozalar asosida yangilandi;
Yangi kompyuterlar, interaktiv tizimlar va boshqa ilg‘or texnologiyalar orqali xizmat ko‘rsatish yanada tezkor va samarali tus oldi;
Mijozlar uchun qulay va ochiq muhit, xodimlar uchun esa zamonaviy ish sharoitlari yaratildi.
"KAFIL-SUG‘URTA" har bir filialini nafaqat zamonaviy infratuzilma, balki texnologik jihatdan ham rivojlantirishga intiladi. Sirdaryo viloyatidagi bu yangilanish bunga yorqin misoldir.