Ijtimoiy Targ'ibot
Press-Reliz
24.07.2025
Yangi bilimlar, yangi bosqich!
Kompaniyamizning "Devonxona" bo‘limi mudirasi — Djalilova Sabrina Abdumalik qizi xalqaro miqyosdagi bilimlar platformasi — Irlandiyaning "Advanced Learning Interactive Systems Online" (ya’ni, Interaktiv Onlayn O‘qitish Tizimlari platformasi) orqali tashkil etilgan "Diploma in Principles of Management" (ya’ni, Boshqaruv tamoyillari bo‘yicha diplom) dasturini muvaffaqiyatli tamomlab, diplom bilan taqdirlandi!
🏆 Bu yutuq — nafaqat shaxsiy intilish va o‘z ustida ishlash natijasi, balki jamoamizdagi doimiy o‘sish va rivojlanish ruhining yorqin ifodasidir.
Sabrina Abdumalik qizini ushbu yutug‘i bilan chin dildan tabriklaymiz va unga kelgusi faoliyatida yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!