🌟 “Namunali filial oyligi” Samarqandda davom etmoqda!
📍 Joriy yilning 17-iyul kuni “KAFIL-SUG‘URTA” AJ tomonidan o‘tkazilayotgan “Namunali filial oyligi” doirasida yana bir muhim tadbir tashkil etildi.
✅ Samarqand shahri hokimi Umarov Fazliddin Karimovich, kompaniya rahbariyati hamda Samarqand viloyati filiali xodimlari ishtirokida Savdo-sanoat palatasida yirik tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
👥 Ushbu uchrashuvda tadbirkorlar uchun sug‘urtaning ularning faoliyatidagi o‘rni, xavfsiz biznesni ta’minlashdagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, fikr almashuv, muloqot va amaliy ehtiyojlar yuzasidan o‘zaro tahlillar olib borildi.
🎯 Bunday formatdagi uchrashuvlar “Namunali filial oyligi”ning asosiy maqsadlaridan biri bo‘lgan sug‘urta madaniyatini rivojlantirish va hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.