"KAFIL-SUG‘URTA" kompaniyasi xodimlari sug‘urta sohasi bilan bog‘liq moliyaviy tahlil, hisobot va boshqaruv ko‘nikmalarini muntazam ravishda mustahkamlab bormoqda.
Joriy yil 7–11-iyul kunlari "Moliyaviy tahlil" departamenti direktori Usmonov Azizbek Albek o‘g‘li Toshkent shahridagi Xalqaro Westminster universitetida tashkil etilgan malaka oshirish kursida ishtirok etdi va mazkur yo‘nalish bo‘yicha rasmiy sertifikatga ega bo‘ldi.
Kurs dasturidan:
• Uorren Baffet falsafasi va uzoq muddatli sarmoya strategiyalari;
• Moliyaviy hisobotlar hamda buxgalteriya balansini tahlil qilish;
• Risklarni kamaytirish va samarali moliyaviy qarorlar qabul qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar o‘rin oldi.
Mazkur kurs "Moliyaviy tahlil" departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish, strategik qarorlarni moliyaviy asosda qabul qilish va umumiy nazoratni kuchaytirishda muhim bosqich hisoblanadi.
"KAFIL-SUG‘URTA" kompaniyasi malaka va bilimni sug‘urtadagi barqaror rivojlanish uchun asosiy ustuvor yo‘nalish sifatida belgilagan.