Buxgalteriya sohasida izchil rivojlanish – yangi yutuqlar zamini!
“KAFIL-SUG‘URTA” Yoshlar klubining iqtidorli va faol liderlaridan biri — Infoleader sifatida tanlangan Erkinjonov Diyorbek Maxmudjon o‘g‘li o‘z bilimi va qobiliyati bilan boshqalarga namuna bo‘lib kelmoqda.
Shu bilan birga, Diyorbek Maxmudjon o‘g‘li kompaniyamizning "Buxgalteriya hisobi" departamentida buxgalter yordamchisi sifatida samarali faoliyat yuritib, mutaxassis sifatida izchil o‘sishni davom ettirmoqda.
Diyorbek yaqinda “Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi” tomonidan tashkil etilgan “Zamonaviy buxgalteriya hisobi” kursini muvaffaqiyatli yakunlab, bu yo‘nalishdagi zamonaviy yondashuvlar va xalqaro mezonlar bo‘yicha bilimlarini mustahkamladi.
Shuningdek, Diyorbek Maxmudjon o‘g‘li “F8 – Audit and Assurance” (Audit va ishonch) bo‘yicha ham xalqaro sertifikatga ega bo‘lib, audit jarayonlari, moliyaviy hisobotlarda ishonch darajasini baholash va xalqaro standartlar asosida ish olib borish bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarga ega bo‘ldi.
Bunday natijalar nafaqat shaxsiy taraqqiyot, balki jamoaviy salohiyat va kompaniya obro‘sini oshirishda ham muhim ahamiyatga ega.