Xalqaro tajriba — ichki taraqqiyot kaliti!
2025-yil 1–4-iyul kunlari “Boshqaruv raisi o‘rinbosari — Sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish” departamenti direktori Mo‘minov Farxod Azimovich Yaponiyada o‘tkazilgan xalqaro seminarda ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitdi.
Seminar “Invitational Life Insurance Seminar: Exclusive Course for the Professionals of Life Insurance Industry in Uzbekistan” mavzusiga bag‘ishlanib, FALIA — “Hayot va Sug‘urtani butunjahon miqyosida rivojlantirish jamg‘armasi” tomonidan tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar hayot sug‘urtasining xalqaro amaliyoti, uning ijtimoiy farovonlikdagi o‘rni, shuningdek, Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG 3 va SDG 17) doirasidagi ahamiyati bilan tanishdilar.
Farxod Azimovich mazkur kursni muvaffaqiyatli yakunlab, rasmiy sertifikat bilan taqdirlandi.
"KAFIL-SUG‘URTA" o‘z sohasida yuqori malakali va jamoatchilik manfaati yo‘lida xizmat qiluvchi mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.