Ijtimoiy Targ'ibot
Press-Reliz
08.07.2025
"SARBON" filiali tomonidan tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi!
2025-yil 7-iyul kuni "SARBON" filiali va "Savdoni rivojlantirish kompaniyasi" AJ o‘rtasida biznes uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida KASKO, "Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish" (TVEFJMSQ) va "Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash" (IJMJS) turlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
Muzokaralar yakunida sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan qiziqish va ehtiyoj yuzasidan ijobiy kelishuvlarga erishildi.
Bunday uchrashuvlar nafaqat yangi hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish, balki yurtimizdagi yirik subyektlarning "KAFIL-SUG‘URTA" xizmatlariga bo‘lgan ishonchining yanada ortib borayotganini ko‘rsatadi.