Ijtimoiy Targ'ibot
Press-Reliz
03.07.2025
SPORT BILAN 1 KUN!
Bugun tongda "KAFIL-SUG‘URTA" jamoasi ish kunini odatdagidek ofisda emas, balki ochiq osmon ostida qarshi oldi.
Ertalabki salqin havo, toza tabiat va ochiq osmon ostida boshlangan sport mashg‘ulotlari nafaqat jismoniy faollik, balki ijobiy kayfiyat, yangi kuch va jamoaviy birdamlik ulashdi.
Yugurish, suhbatlar, kulgular — barchasi bugungi tongni quvnoq va mazmunli qildi.
Kompaniya rahbariyati va barcha xodimlar bir safda, bir maqsadda qatnashdi.
Tadbir davomida erkin muloqotlar, takliflar almashinuvi va yangi g‘oyalar yuzaga chiqdi.
Bu oddiy sport mashg‘uloti emas — bu ichki intizom, sog‘lom muhit va o‘z ustida ishlash sari tashlangan qadamdir.