Jizzax viloyatida sug‘urta savodxonligini oshirishga qaratilgan navbatdagi amaliy tadbir tashkil etildi.
Shu maqsadda Sharof Rashidov tumanida aholi va mahalla faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda sug‘urtaning jamiyatdagi o‘rni, turli xavf-xatarlardan moliyaviy barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyati keng yoritildi.
Tadbirda “KAFIL-SUG‘URTA” kompaniyasi Boshqaruv raisi o‘rinbosari Farhod Azimovich, Jizzax viloyati rahbari Sultonov Abbosbek hamda filial mutaxassislari ishtirok etishdi.
Uchrashuvdan asosiy maqsad – aholiga sug‘urtaning mohiyatini tushuntirish, ularni qiziqtirgan savollarga javob berish va fikr-mulohazalarni tinglab, amaliy yechimlarni ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.