Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 23.06.2025

Sug‘urta madaniyatini oshirishga qaratilgan navbatdagi amaliy qadam!

propaganda Banner

Respublika OITSga qarshi kurashish tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda "Kafil-Sug‘urta-Poytaxt" filiali menejeri Mamadaliyev Avazbek tashabbusi asosida tibbiyot sohasi vakillari uchun sug‘urta bo‘yicha targ‘ibot seminari o‘tkazildi.

✅ Seminar davomida KASKO, "Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish" (TVEFJMSQ) va "Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash" (IJMJS) turlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbir yakunida ayni shu sug‘urta turlari bo‘yicha shartnomalar imzolandi.

🌟 Shuningdek, tibbiyot xodimlariga kredit orqali rasmiylashtiriladigan sug‘urta turlari bo‘yicha ham zarur tushunchalar va amaliy maslahatlar taqdim etildi.

🤝 Tadbir yakunida ishtirokchilar bilan aloqalar mustahkamlandi, kelgusida hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: