Artikov Furkat Azamjanovich
Boshqaruv raisi

Artikov Furkat Azamjanovich

Elektron pochta

info@kafil.uz
Ortga qaytish

Mehnat faoliyati va Tarjimai holi

Tug‘ilgan yili:
1984- yilda, Toshkent viloyati

Ma'lumoti:

  • 2005- yilda Toshkent avtomobil yo‘llar institutining (bakalavriatura) “Menejment”, 
  • 2009- yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining (magistratura) “Menejment” yo‘nalishini tamomlagan.

Ish faoliyati:

  • 2005 2010- yillarda 
    "O‘zagrosug‘urta" DASK boshqaruvida mehnat topshirig‘i shartnomasi asosida stajyor;
  • 2006 2006- yillarda 
    "O‘zagrosug‘urta" DASK boshqaruvining sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish boshqarmasiga shaxsiy sug‘urta yo‘nalishi bo‘yicha menejer assistenti;
  • 2006  2008- yillarda 
    "O‘zagrosug‘urta" DASK "Sug‘urta da'volari" boshqarmasi menejeri assistenti;
  • 2008  2008- yillarda
    "O‘zagrosug‘urta" DASK "Axborot va marketing xizmatlari" bo‘limi menejeri assistenti;
  • 2008  2009- yillarda
    "O‘zagrosug‘urta" DASK "Axborot va marketing xizmatlari" bo‘limi menejeri;
  • 2009  2010- yillarda
    "O‘zagrosug‘urta" DASK "Poytaxt sug‘urta" agentligi sho‘ba korxonasi direktori o‘rinbosari;
  • 2013  2022- yillarda
    "KAFIL-SUG‘URTA" MCHJning Bosh direktori;
  • 2022- yil 15- fevraldan – hozirgi vaqtgacha
    "KAFIL-SUG‘URTA" AJning Boshqaruv raisi.

Vazifalari va Majburiyatlari

  • O’z vakolati doirasida kompaniya faoliyatiga rahbarlik qiladi va Kompaniyaga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
  • kompaniya faoliyatida qonunchilik talablariga amal qilishni ta'minlaydi;
  • kompaniya nomidan kelishuvlarni amalga oshiradi, berilgan huquqlar doirasida qarorlar qabul qiladi;
  • kompaniya faoliyatiga oid buyruqlar va farmoishlar chiqaradi;
  • belgilangan muddatlarda aksiyadorlar umumiy yig’ilishi va Kuzatuv kengashi  a’zolariga Jamiyat faoliyatini yorituvchi hisobotlar va axborotlarni taqdim etadi;
  • kompaniya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida lozim bo‘lgan barcha choralarni ko’radi;
  • kompaniya faoliyatiga bog‘liq boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi va qaror qabul qiladi.